Yarmarkada ishtirok etish qanday imkoniyatlar beradi?

An’anaga ko‘ra, har yili dekabr oyida butun dunyoda turli chegirmalar va ommaviy sotuvlar mavsumi boshlanadi. CAEx Baraka Friday ham tashrif buyuruvchilarga mahsulotlarni 70% gacha chegirmalar bilan xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Ishtirokchilar uchun bu nafaqat o‘z mahsulotlarini keng auditoriyaga taqdim etish, balki yil yakuniga qadar ombordagi mahsulot zaxiralarini kamaytirish va qolib ketgan mahsulotlarni realizatsiya qilish, maqsadli auditoriya bilan bevosita aloqa o‘rnatish hamda mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatidir.

Tadbirning yangi formati keng turdagi mahsulotlar, maxsus takliflar va 70% gacha chegirmalarni bir maydonda jamlaydi. Bu esa tashrif buyuruvchilarga bayramlar arafasida manfaatli xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.