CAEx Baraka Friday 2026 uchinchi yirik Yangi yil oldi chegirmalar yarmarkasi bo‘lib, CAEx ko‘rgazma markazida quyidagi manzilda o‘tkaziladi: Toshkent shahri, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-uy.
25–28-dekabr (juma–dushanba): 10:00–18:00
Bizga bir necha usulda yetib kelishingiz mumkin.
Jamoat transportida:
Avtobuslar: 106, 151, 190, 197
Yo‘nalishli taksi: 366
Taksi yoki shaxsiy avtomobilda:
Taksi ilovasi yoki navigator orqali manzil sifatida CAExni ko‘rsating. Ko‘rgazma markazi mehmonlari uchun qulay va bepul avtoturargoh mavjud.
Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazma markazi quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Barkamol» MFY, Milliy Bog‘ ko‘chasi, 1-uy. Mo‘ljal: CAU (sobiq AKFA universiteti).
Ko‘rgazma markazi har kuni, dushanbadan yakshanbagacha, soat 9:00 dan 19:00 gacha ochiq.
Tadbirlar vaqtida ko‘rgazma markazida Yevropa va milliy taomlarni taklif qiluvchi fudkort faoliyat yuritadi.
Professional foto va video tasvirga olishga faqat ko‘rgazma markazi ma’muriyatining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Ruxsat olish uchun marketing@caex-uzbekistan.com elektron manziliga murojaat qiling.
Agar CAEx ko‘rgazma markazini ijaraga olishga qiziqsangiz, so‘rovingizni info@caex-uzbekistan.com elektron manziliga yuboring.
