CAEx Uzbekistan va O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi Prezidenti Yorqin Malikov, Uyushma vitse-prezidenti Ahadjan Ahmadov, CAEx Uzbekistan Operatsion direktori Mehmet Dukkancı, uning assistenti Alisher Musayev hamda Biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer Zebo Usmanova ishtirok etdi.
Tomonlar CAEx ko‘rgazmalarini O‘zbekiston eksportchilari uchun samarali biznes platformasi sifatida rivojlantirish, eksportni qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
