Nega ishtirok etish kerak?

Chegirmalar yarmarkasining afzalligi nimada?

CAEx Baraka Fridayda ishtirok etish kompaniyalarga mavsumiy talab yuqori bo‘lgan davrda ko‘proq xaridorlarni jalb qilish va B2C segmentidagi savdolarni oshirish imkonini beradi. Maxsus takliflar, chegirmalar va mahsulotlarning keng tanlovi mahsulotlarni targ‘ib qilish va yangi mijozlarni jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Xaridorlar uchun esa yarmarka mashhur mahsulotlarni manfaatli narxlarda xarid qilish, turli kompaniyalarning takliflarini solishtirish va maxsus aksiyalardan bir joyning o‘zida foydalanish imkoniyatidir.