2025

CAEx Baraka Friday 2025

2025-yilda CAEx Baraka Friday yarmarkasida 100 dan ortiq sotuvchi — brendlar, do‘konlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etdi. Tashrif buyuruvchilarga kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, texnika, elektronika, kosmetika va parfyumeriyadan tortib turli mahsulotlar 70% gacha chegirmalar bilan taklif qilindi.

Yarmarka doirasidagi savdolardan tashqari, dasturga bayramona mahorat darslari va turli tematik tadbirlar ham kiritildi. Ular tashrif buyuruvchilar uchun bayramona muhit yaratdi. Yarmarka savdolarni oshirish, mahsulotlarni targ‘ib qilish va yangi biznes aloqalarini o‘rnatish uchun maydonga aylandi. To‘rt kun davomida yarmarkaning bayramona muhitini 7 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi baham ko‘rdi.

2026-yilda CAEx Baraka Friday yarmarkasini yanada kengroq formatda, kengaytirilgan dastur va ko‘proq ishtirokchilar bilan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar fikrlari

Dugona

Biz — Dugona kompaniyasimiz. Ispaniya, Koreya, AQSh, Tailand va BAAning mashhur brendlari kosmetika mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanamiz. Yarmarkada ishtirok etish bizga juda yoqdi — bu mahsulotlarimizni taqdim etish, mijozlar bilan tanishish va yangi biznes aloqalarini o‘rnatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Tadbir mehmonlari uchun maxsus takliflar va sezilarli chegirmalar tayyorladik. Tashkilotchilarga tadbirning yuqori darajada o‘tkazilgani va ajoyib muhit uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Alfa Manet Group

Kompaniyamiz uchun bunday tadbirda ishtirok etish birinchi tajriba bo‘ldi va u juda muvaffaqiyatli o‘tdi. CAEx Baraka Friday’da ishtirok etish bizga amaldagi hamkorlarimiz bilan muloqot qilish, mijozlarimiz bilan uchrashish, mahsulotlarimizni keng assortimentda taqdim etish va ko‘plab ijobiy fikrlarni olish imkonini berdi. Tadbirning yuqori darajada tashkil etilganini alohida ta’kidlamoqchimiz. CAEx Baraka Friday jamoasi doimo aloqada bo‘ldi va yuzaga kelgan masalalarni tezkor hal qilishda yordam berdi. Bu esa yarmarkadagi ishtirokimizni qulay va samarali tashkil etishga xizmat qildi. Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz va CAEx Baraka Friday 2026da mamnuniyat bilan yana ishtirok etamiz!

Bahor Gullari

Biz, Bahor Gullari kompaniyasi, yarmarkada ishtirok etib, gullar, ko‘chatlar va xona o‘simliklarimizni taqdim etdik. Yarmarka hududida yashil zona tashkil etildi va tashrif buyuruvchilarning iliq munosabatidan xursand bo‘ldik. Ajoyib muhit va yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun tashkilotchilarga rahmat!

Kalleh

Yarmarkada mahsulotlarimizni 50–70% chegirmalar bilan taqdim etdik. Tashrif buyuruvchilar va xaridorlar ko‘p bo‘ldi — ishtirokimiz natijalaridan juda mamnunmiz.