2024

CAEx Baraka Friday 2024

2024-yil 10–15-dekabr kunlari CAEx’da Yangi yil arafasiga bag‘ishlangan CAEx Baraka Friday chegirmalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 100 dan ortiq brend va 70% gacha chegirmalar bilan keng turdagi mahsulotlar taqdim etildi. Olti kun davomida yarmarka manfaatli xaridlar, mahsulotlarni targ‘ib qilish va kompaniyalarning xaridorlar bilan bevosita muloqot qilishi uchun maydonga aylandi. Tadbir yakunida COBALT avtomobili va boshqa qimmatbaho sovrinlar o‘ynalgan katta lotereya tashkil etildi.

Zafarjon Baxodirov
CAEx Baraka Friday 2024 g‘olibi
2024-yilda yarmarkaning bosh sovrini — Chevrolet Cobalt avtomobili sohibiga aylandi.

2024-yil 14-dekabr kuni CAEx Baraka Friday yarmarkasiga tashrif buyurdim. Bu yerda gaz plitasi, havo tortgich va uy uchun oziq-ovqat mahsulotlarini manfaatli narxlarda xarid qildim. Xaridim summasi tufayli avtomobil o‘ynaladigan lotereyada ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim.

Rostini aytsam, g‘olib bo‘laman deb umuman kutmagandim. Menga qo‘ng‘iroq qilishganida, juda hayratda qoldim! 15-dekabr kuni jonli efir vaqtida aynan men Cobalt avtomobilini yutganimni bildim. Bunday tadbir va ajoyib sovrin uchun CAEx Baraka Friday tashkilotchilariga katta rahmat! Bu men uchun Yangi yil arafasidagi haqiqiy mo‘jiza bo‘ldi!